O‘zA O`zbek

16.08.2018 20:48 Chop etish versiyasi

Xalqaro maqom san’atiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Xalqaro maqom san’atiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda Milliy matbuot markazida Xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori S.Begmatov, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov va boshqalar mamlakatimizda milliy san’atimizni ravnaq toptirishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mutaxassislarimiz fikricha, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumani mumtoz san’atimizni jahon miqyosida targ‘ib qilish, uning jozibasini namoyon etishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Nufuzli anjumanda dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin san’atshunos olimlar, mumtoz san’at namoyondalari qatnashishi kutilmoqda. Anjuman doirasida maqom san’atiga oid ijodiy ko‘rik-tanlov ham bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimiz va xorijiy davlatlardan qatnashish istagidagi xonandalarning professionallik darajasi, ijro mahoratiga jiddiy e’tibor qaratildi.

12-faqat saytga.jpg

16 (1).jpg

Nazokat Usmonova, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA
2 040