O‘zA O`zbek

23.08.2018 15:06 Chop etish versiyasi

Xalqaro maqom sanʻati anjumaniga har jihatdan tayyorgarlik davom etmoqda

Xalqaro maqom sanʻati anjumaniga har jihatdan tayyorgarlik davom etmoqda

Shahrisabz shahridagi Oqsaroy xiyobonida yongʻin oʻchirish boʻyicha amaliy mashgʻulot tashkil etildi. 

Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Xalqaro maqom sanʻati anjumani oʻtkaziladi. Shu bois, fuqarolarni xavfsizligini taʻminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB yongʻin xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan Shahrisabz shahar YOXB, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tibbiyot, gaz va elektr idoralari xodimlari hamkorligida anjuman oldidan favqulodda yongʻin sodir boʻlganda fuqarolarni toʻgʻri harakat qilishi boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish, oʻtkaziladigan tadbirlar davrida yongʻinga qarshi choralarning bajarilishiga doir amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Mashgʻulotda Shahrisabz shahar yongʻin xavfsizligi boʻlimi 7-harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismining yongʻin oʻchirish boʻlinmalari favqulodda fuqarolarni qutqarish va tibbiyot xodimlari kelgunga qadar birlamchi tibbiy yordamni koʻrsatish jarayonlarini koʻrsatib, amaliy koʻnikmalarini shakllantirish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni ham bajardi.

Tadbir davomida yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari gaz va elektr idoralari xodimlari hamkorligida Xalqaro maqom sanʻati anjumani oʻtkaziladigan bino atrofidagi bino va inshootlar, aholi turar joylarini yongʻin xavfsizligi holatini oʻrganib, mavjud kamchiliklar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishdi.

Oʻlmas Barotov, OʻzA
1 798