O‘zA O`zbek

15.10.2019 Chop etish versiyasi

Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

Andijon davlat universitetida faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

– Anjumanni oʻtkazishdan asosiy maqsad, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga koʻtarish, ijtimoiy rivojlanishga investitsiya jalb etish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganishdan iborat, – deydi Andijon davlat universiteti rektori A.Yoʻldoshev. – Qolaversa, bu borada xorijlik mutaxassislar bilan oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash koʻzda tutilgan.

Ishtirokchilar tomonidan maʼruzalar hamda mavzu doirasidagi tadqiqotlar, amaliy ishlar samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman oʻz ishini seksiyalar doirasida davom ettirdi. Janubiy Koreya, AQSH, Qozogʻiston singari qator davlatlardan kelgan olimlarning mavzu doirasidagi tajribalari bilan tanishildi.

– Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish borasida eʼtiborga molik ishlar olib borilayotganiga guvoh boʻldik, – deydi AQSHning Texas texnologiyalar universiteti professori Raviprokash Govandro Dani. – Anjumanda bu boradagi ilgʻor tajribalar bilan tanishdik, hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishib oldik.

Anjuman doirasida tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarning yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlari natijalari muhokama etildi.

1 404
F.UBAYDULLAYEV, OʻzA