O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 16:41 Chop etish versiyasi

Xalqaro haftalikda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

Xalqaro haftalikda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
Oʻrmonlar va oʻrmon daraxtlarining mahalliy ekotiplari manbalarini rivojlantirish dunyo hamjamiyatining doimiy diqqat markazida boʻlib kelmoqda.

Moʻgʻiliston poytaxti Ulan-Bator shahrida oʻtkazilayotgan “Iqlim oʻzgarishiga moslashish vositasi sifatida oʻrmonlar va oʻrmon daraxtlarining mahalliy ekotiplari manbalarini rivojlantirish istiqbollari” haftaligida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Dunyoning 10 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan 50 dan ortiq soha vakillari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan seminarlarda ishtirokchilar sayyoramizda faol va sogʻlom turmush tarzi uchun zarur boʻladigan yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetishtirish, tabiiy, xususan, yer, suv, havo, iqlim va genetik resurslarni barqaror boshqarish, ulardan samarali foydalanish kabi muhim masalalar yuzasidan maʼruzalar va loyihalar taqdimoti amalga oshirilmoqda.

N.Rajabova, OʻzA