O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 19:53 Chop etish versiyasi

Xalqaro armiya qoʻl jangi chempionati boshlandi

Xalqaro armiya qoʻl jangi chempionati boshlandi Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida qoʻl jangi boʻyicha MDH mamlakatlari armiyalari oʻrtasidagi musobaqaga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligi sport klubining bolalar sporti maktabi tarbiyalanuvchilarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansamblining chiqishlari hamda ishtirokchi davlatlarning xalq qoʻshiqlari yigʻilganlar kayfiyatiga oʻzgacha ruh bagʻishladi.

13 sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan 50 ga yaqin sportchi 7 vazn toifasida gʻoliblik uchun bellashmoqda.

A.Musayev, OʻzA