Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2018 15:40 Chop etish versiyasi

Xalqaro anjumanning ilk mehmoni Toshkentda

Xalqaro anjumanning ilk mehmoni Toshkentda
Poytaxtimizda 7-8-avgust kunlari “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumanga dunyoning 25 davlatidan shoir, yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos olimlar tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rasmiy saytida 16-iyul kuni Litvalik tarjimon, noshir, “ARS MAGNA” nashriyoti direktori Sergey Getman bilan suhbat e’lon qilingan edi. 

Suhbatda u Alisher Navoiyning asarlarini yoshligidan o‘qishini va yuksak baholashini ta’kidlagan va xalqaro konferensiyadan o‘zbek adabiyoti, o‘zbek ijodkorlari bilan juda yaqindan tanishish niyati borligini aytgan edi. Sergey Getman bir qancha adabiy antologiyalar nashr qilgan.

“Bugundan anjumanda ishtirok etuvchi xorijlik mutaxassislar Toshkentga kela boshladi. Ilk mehmon – Litvadan tashrif buyurgan Sergey Getman bo‘ldi”, deya xabar qiladi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati.

O‘zA
3 359