O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Xalq vakillari xayrli tashabbusda faol ishtirok etmoqda

Xalq vakillari xayrli tashabbusda faol ishtirok etmoqda Deputatlarning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlari aholi bilan muloqot, ijtimoiy soha obyektlarini oʻrganish va tizimli muammolarni tahlil qilish bilan birga taʼlim muassasalari, mahallalarga kitoblar hadya etish amaliyoti bilan uygʻun holda davom etdi.

Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan materiallarda deputatlarning ham bu oʻzlari oʻqigan maktablarga kitoblar sovgʻa qilayotgani xabar berilmoqda.

Deputatlarning maktablarga kitob hadya qilish boʻyicha harakatlariga Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov oʻzi tahsil olgan Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi maktab jamoasiga hadya qilgan kitoblar toʻplami bilan start berilgandi.

Bir necha kun davomida deputatlar xayrli tashabbusni amalga oshirishda davom etdilar. Xususan, deputat Alisher Kadirov ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Jondor mahallasi aholisi uchun kitoblar toʻplamini hadya qilganligini bayon qilgan boʻlsa, Ulugʻbek Samatov Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 273-umumtaʼlim maktabiga kitoblar ulashgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda deputat Sherzod Kulmatov Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 3-mumtaʼlim maktabiga, Shuxrat Mamajonov, Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 18-mumtaʼlim maktabiga, Mavluda Xodjayeva Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabiga oʻzining shaxsiy kutubxonasidagi sara adabiyotlardan sovgʻa etganliklarini joylashtirishgan.

OʻzA saytida deputat Rasul Kusherbayev oʻzi tugʻilib oʻsgan Yangiyoʻl tumanining Qoʻshyogʻoch qishlogʻi markazida kichik uychali, moʻjaz “kichik kutubxona” oʻrnatib, kitoblar bilan toʻldirganligi haqida xabar bergan edik.

639
OʻzA