O‘zA O`zbek

23.04.2019 21:56 Chop etish versiyasi

Xalq qabulxonalariga avtomobil berildi

Xalq qabulxonalariga avtomobil berildi

Jizzax viloyatidagi barcha tumanlarning Xalq qabulxonalari “Cobalt” rusumli avtomobillari bilan taʼminlandi. 

Qabulxona mudirlariga mashinalar kalitlarini topshirish marosimida xokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonasi odamlarning talab va muammolarini hal etishda davlat va aholi oʻrtasidagi muloqot koʻprigi sifatida oʻziga xos tizimga aylangani taʼkidlandi. 

Davlatimiz tomonidan qabulxonalarning faoliyatini yaxshilash uchun barcha qulayliklar yaratib berilayotir. Bu idoraning xizmat mashinalari bilan taʼminlanlishi fuqarolar murojaatlarini joyiga borib oʻrganishda katta qulaylik yaratadi. 

photo5330236873592908348.jpg

– Keyingi paytda faoliyatimizda joylardagi toʻrtta sektor rahbarlari va fuqarolar yigʻinlari oqsoqollari bilan uyma-uy yurib, aholi muammolarini oʻrganish, ularning yechimini topishda koʻmaklashishga katta eʼtibor qaratilayotir, — deydi Sharof Rashidov tumani Xalq qabulxonasi mudiri Narzulla Qodirov. — Shuningdek, bu ishda murojaatlar ijrosini joyiga chiqib nazorat qilish ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois xizmat mashinalari bilan ajratilishi bu ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishda katta qulaylik yaratadi. 

Marosimda 13 ta tuman Xalq qabulxonasining barchasiga yangi avtomashinalar topshirildi. 

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi E. Soliyev ishtirok etdi. 

photo5330236873592908349.jpg

T. Beknazarov, J.Yorobekov (surat), OʻzA
854