Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 17:16 Chop etish versiyasi

Xalq qabulxonalarida muammolar yechim topmoqda

Xalq qabulxonalarida muammolar yechim topmoqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyatidan aholi mamnun.

Bugun har bir rahbardan odamlar dardi bilan yashash, ularning muammolarini vaqtida hal etib, farovon turmushini ta’minlashni davrning o‘zi talab etmoqda. Xalq bilan doimiy muloqot qilish, ularning murojaat va shikoyatlarini tinglab, kamchiliklarni shu yerning o‘zida bartaraf etish yaxshi samara bermoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining farmoni asosida tashkil etilgan Xalq qabulxonalari aholi uchun juda katta qulaylik tug‘dirmoqda.

– Fuqarolar o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolarga, joylarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarga befarq bo‘lmay, ularning barham topishi uchun jon kuydirmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari Hakimboy Halimov. – Prezidentimiz shu yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida qabulxonamiz faoliyati bilan tanishib, oldimizda turgan muhim vazifalarni belgilab berdi, har bir murojaatning xolisona, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi zarurligini ta’kidladi. O‘tgan kunlarda 320 dan ziyod fuqaro murojaat qildi va ular tomonidan bildirilgan muammolarning aksariyati o‘z yechimini topdi, ayrimlari nazoratga olindi.

Murojaat qiluvchilar uchun Xalq qabulxonasida barcha qulaylik yaratilgan. Ona va bola, tibbiyot xonalari, kutish zali zamonaviy jihozlangan. Murojaatlar asosan bandlik, uy-joy, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot sohasiga oid bo‘lib, bu mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatni yanada oshirishini talab etadi.

Xalq qabulxonasiga Xo‘jayli tumanidagi Taxiatosh shahrining 1-kichik tumani 9-a uy 27-xonadonda yashovchi O‘mirboy Marziyoyev bandlik muammosi bilan murojaat qildi.

– Kelinim Qanshayim Kenjeboyeva 2013-yili universitetni bitirgan bo‘lsa-da, ishsiz uyda o‘tirgan edi, – deydi O‘mirboy og‘a. – Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edik, muammo tezda hal bo‘ldi. Kelinim hozir Taxiatoshdagi 26-umumta’lim maktabida rus tili va adabiyotidan yoshlarga saboq bermoqda.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
845






Все о погоде - Pogoda.uz