Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2017 15:22 Chop etish versiyasi

"Xalq farovonligi yo‘lida birgamiz!" nomli kichik grantlar tanlovi e’lon qilindi

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi doirasida "Xalq farovonligi yo‘lida birgamiz!" nomli kichik grantlar tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etildi.

Grantlar NNT moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, olis qishloqlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha fuqarolarga zarur maslahatlar berish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining ushbu sohalardagi malakaviy bilimlari hamda ko‘nikmalarini oshirish, ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya sohalarini rivojlantirish kabi mavzularda ajratiladi.

Loyiha doirasida shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish, qishloq hududlarida zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlash korxonalari barpo etishga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor beriladi.

Grant tanlovi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tegishli manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 928






Все о погоде - Pogoda.uz