Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 16:43 Chop etish versiyasi

“Xalq farovonligi yo‘lida birgamiz!” kichik grant tanlovi to‘g‘risida e’lon

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda NNTlarning faol ishtirokini ta’minlash orqali aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bandligini ta’minlash, xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi Tadbirkorlikni va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan xamkorlikda “Xalq farovonligi yo‘lida birgamiz” kichik grant tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha nodavlat notijorat tashkilotlarining quyidagi maqsad va vazifalarni qamrab olgan loyihalari qabul qilinadi:

♦ qishloq va mahallalarda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga ko‘maklashish, bunda oilaviy tadbirkorlikni boshlash (chorvachilik, quyonchilik, asalarichilik, parranda boqish, baliqchilik, issiqxona qurish, limon va yong‘oq daraxtidan qo‘shimcha daromad ko‘rish), bankdan imtiyozli kredit olish borasida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni izchil muhokama qilish va amaliy yordam berish;

♦ qishloq joylarida istiqomat qilayotgan yoshlar, ayollar va yosh oilalarning bandligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari, tijorat banklari, biznes subyektlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni targ‘ib qilish, biznesni rivojlantirishni kengaytirish;

♦ chekka qishloqlarda yashovchi aholi uchun qo‘shimcha daromad olish borasida seminar-treninglar tashkil etish, qo‘llanmalar chop etish, aholiga tarqatish hamda uyushmagan yoshlar va shaxslarning dolzarb muammolarini hal qilishga, aholini ish bilan ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish.

Grant tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

- kichik grant tanlovida qatnashish uchun Jamoat fondining nomiga xat (rahbarning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim);

- www.nntfond.uz, www.ngo.uz, saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza (kichik grant uchun loyixa shakli);

- oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

- tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

- loyihaga ijtimoiy aloqador davlat va jamoat tashkilotlarining qo‘llab-quvvatlovchi xati (tavsiyanoma, iltimosnomalari) ilova sifatida keltirilishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 5 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2017-yil 17-avgustdan 2017-yil 18-sentabrgacha qabul qilinadi.

Grant tanloviga oid hujjatlar O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining quyidagi manzilida qabul qilinadi: Toshkent shahri, 100049, Amir Temur shohko‘chasi, 14-uy.

Hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirilganda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondida shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni +99871 233-52-41, 233-18-54, 233-24-92 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

O‘zA
1 172






Все о погоде - Pogoda.uz