O‘zA O`zbek

10.08.2018 09:15 Chop etish versiyasi

Xalq diplomatiyasi markazi

78947dbe-c42f-4d14-ab20-19faeeea21f8.jpgShanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-avgustda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Vazirlik bu haqida “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilmoqda.

Ushbu markazning asosiy maqsadi SHHT mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur markazni tashkil etish masalalari Prezidentning 2018-yil 26-iyundagi qarorida belgilangan edi.

O‘zA
3 163