O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishda xalqimizni o‘ylantirib kelayotgan dolzarb masalalar muhokama etildi.

Alohida qayd etish kerakki, mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar partiyamiz ilgari surayotgan g‘oya va tashabbuslar bilan hamohangdir.

Keyingi ikki yilda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilayapti. Xususan, ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 1,3 baravarga, nafaqa miqdori 2 baravarga oshirildi, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy qilindi. Muhtoj oilalar imtiyozli uy-joy bilan ta’minlayapti, og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayollarga har tomonlama madad ko‘rsatilyapti.

Ijtimoiy himoya keng qamrovli tushuncha. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bu tizimda ham yillar davomida yig‘ilib kelgan muammolar hamon yechimini kutib turibdi.

Joriy yilning 9 oyi mobaynida Xalq qabulxonalariga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bilan bog‘liq 36 mingta shikoyat kelib tushibdi. Nega bu masalada shikoyatlar ko‘payib ketdi? Chunki biz, yig‘ilishda ta’kidlanganidek, ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga e’tibor qaratmayapmiz. 

Agar tegishli me’yoriy hujjatlar aniq bo‘lsa, tartib-qoidalar qonun bilan belgilansa va eng muhimi, ularga qat’iy amal qilinsa, shikoyat kamayishiga erishamiz.

Ijtimoiy himoya tizimidagi ko‘plab muammolarning asosiy sababi pensiya va nafaqalar miqdorini belgilashda muhim omil bo‘lgan iste’mol savatchasi va yashash minimumi me’yorlarining joriy qilinmagani bilan ham bog‘liq.

Masalan, 2019 yil 1 sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 634 880 so‘m etib belgilandi. Shu yil 1 avgustdan boshlab yoshga doir pensiyalar va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 436 150 so‘mga teng. Yo bo‘lmasa, oliy o‘quv yurti talabalariga o‘rtacha 400 ming so‘mdan stipendiya berish tartibi joriy etildi.

Endi o‘ylab ko‘raylik, misol uchun, 436 ming so‘m nogironligi bo‘lgan shaxsning bir oylik oziq-ovqati, dori-darmoni, kiyim-kechagi, boshqa xo‘jalik ehtiyojlari, kommunal xizmatlardan foydalanishi, yurish-turishi, umuman, eng muhim insoniy ehtiyojlarini qanoatlantirishga yetadimi?.. 

Agar real hayotdan kelib chiqib fikrlasak, buncha mablag‘ bir insonning oziq-ovqatga bo‘lgan zaruriy ehtiyojlarini qanoatlantirishga yetishi mumkin, xolos.

Shuning uchun yig‘ilishda ta’kidlangan iste’mol savatchasi va yashash minimumi bilan bog‘liq me’yorlarni belgilash nihoyatda dolzarbdir. Partiyamiz bu masalani qonun qabul qilish yo‘li bilan samarali hal etish lozim, deb hisoblaydi.

Aholining munosib hayot darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan yashash minimumini belgilash va iste’mol savatchasi tushunchasini qonun bilan mustahkamlash hamda hayotimizga tatbiq etish, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash partiyamiz Saylovoldi dasturidagi eng muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi.

Xo‘sh, yashash minimumi hamda iste’mol savatchasi tushunchalari nima va bizga nima uchun kerak?

Xalqaro tajribaga ko‘ra, odam organizmi normal faoliyat ko‘rsatishi, sog‘lom yashash uchun yetarli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, shaxsning birlamchi ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlarning minimal to‘plami yashash minimumi hisoblanadi. Iste’mol savatchasi esa, sodda qilib aytganda, muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam to‘plamidir.

Iste’mol savatchasi uch qismdan iborat bo‘ladi:

1. Oziq-ovqat mahsulotlari;

2. Nooziq-ovqat tovarlar: kiyim-kechak, birlamchi ehtiyoj buyumlari, dori-darmon, madaniy-maishiy va xo‘jalik mollari;

3. Xizmatlar: kommunal, transport, madaniy-ma’rifiy va hokazo.

Odatda iste’mol savatchasi uchta asosiy ijtimoiy-demografik guruh – mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi. Uning tarkibiga kiruvchi tovar va xizmatlar to‘plami har bir mamlakatda turlicha. Masalan, Germaniyada iste’mol savatchasiga 475, Fransiyada 250, Angliyada 350, Rossiyada 156 nomdagi tovar va xizmat turlari kiritilgan. Davlat uning tarkibini belgilashda ko‘plab omillar, jumladan, tabiiy iqlim sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish xususiyatlari, tovar va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi kabilarni inobatga oladi.

Shu ma’lumotlar asosida mamlakat bo‘yicha iste’mol budjetining umumiy miqdori, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy nafaqa va pensiya miqdorlari belgilanadi.

Iste’mol savatchasini joriy qilish aholi turmush farovonligini ta’minlash, mehnatga munosib haq to‘lashning eng muhim omilidir. 2018 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturida tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va Iste’mol savatchasi tushunchalarini tartibga solish belgilangan edi. Ammo bu masala hanuzgacha qonunchilikda o‘z yechimini topgani yo‘q.

Shuning uchun partiyamiz saylovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, birinchi navbatda yashash minimumi to‘g‘risida qonun qabul qilish tashabbusi bilan chiqishni o‘z oldiga qat’iy maqsad sifatida belgilagan.

Davlatimiz rahbari o‘tkazgan yig‘ilishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini aniqlash, hisobga olishning yagona mezoni yo‘qligi, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha bepul davolanish uchun beriladigan orderlar har doim ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib bormayotgani tanqid qilindi.

Ijtimoiy muhofaza muhtoj kishilar va oilalarni aniqlashda muammoli holatlar juda ko‘p. Partiyamizning barcha hududlardagi Jamoatchilik qabulxonalariga shu masala bilan bog‘liq murojaatlar bo‘ladi. Deputatlar murojaatlarni ijobiy hal etish uchun turli tashkilotlar, vakolatli idoralarga murojaat etganda, asosan bir masalaga duch keladi. U ham bo‘lsa, tegishli me’yoriy hujjatlarda oilaning kam ta’minlanganligini aniqlovchi mezonlar aniq belgilanmagan. Natijada nima bo‘lyapti? Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar har doim ham o‘z manziliga, haqiqatda muhtoj kishilarga yetib bormayapti. Bu esa boshqa muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lyapti. Bundan partiyamiz himoya qilishi kerak bo‘lgan qatlam aziyat chekyapti. Shu bois partiyamiz ijtimoiy muhofazaga muhtojlikni belgilash mezonlarini qonunchilikda sodda va tushunarli tarzda aks ettirish uchun qat’iy harakat qiladi.

Joriy yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi guruhlarimiz mamlakatimizning barcha hududlarida Mehribonlik uylari bitiruvchilarining uy-joy bilan ta’minlanish holatini o‘rgandi. Bitiruvchilar bilan yuzma-yuz suhbatlashildi, ularning yashash sharoitlari borib ko‘rildi. Umumiy xulosa shundayki, holat achinarli. Ayrim bitiruvchilar juda qiyin sharoitlarda yashab kelayotganiga guvoh bo‘ldik. Deputatlarimiz Mehribonlik uylari bitiruvchilarini hukumat qarorida belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlashni so‘rab qator mahalliy hokimliklar va boshqa mutasaddi tashkilotlarga so‘rovlar jo‘natdi. Ammo muammoni hal etishga kelganda, tashkilotlar bir-biriga ayb ag‘darish, o‘zini chetroqqa tortishga urinmoqda.

Yig‘ilishda ana shu kabi chigal holatlarga nima sabab bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ya’ni, ijtimoiy muhofazalash sohasidagi ishlarni koordinatsiya qiladigan yaxlit tizim yo‘qligi bois muammolar to‘planib qolgan.

Ijtimoiy muhofaza tizimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish mamlakatdagi ijtimoiy taraqqiyot va barqarorlikni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun partiyamiz ijtimoiy masalalarga yechim topish, bu borada qonun ijodkorligini yangi darajaga ko‘tarish, deputatlik va parlament nazorati ta’sirchanligini oshirish jarayonlarida faol ishtirok etadi, muhofazaga muhtoj qatlam manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qat’iy pozitsiya ko‘rsatadi.

Ulug‘bek Inoyatov,
Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq demokratik partiyasi qat’iy pozitsiya ko‘rsatishi zarur