Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.02.2017 16:52 Chop etish versiyasi

Xalq bilan muloqot: muammo, yechim va samara

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etish Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.

"Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuv va ochiq muloqotlarda aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Qo‘ng‘irotko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan muloqotda tuman hokimi, prokuratura, ichki ishlar organlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga munosib mehnat va yashash sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish aholining davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ovulda istiqomat qilayotgan aholi turmush darajasini oshirish, hududni obodonlashtirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilayotgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Dasturni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Dehqonchilik qilish uchun yetarli darajada yer maydoni ajratilmayotgani, yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari yetishmasligi ayniqsa kasb-hunar kollejiga qatnab o‘qiydigan o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘dirayotgani, kommunal va savdo xizmati, energiya ta’minoti, yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha aholi murojaatlari o‘rganildi.

– Tuman rahbarlari bilan uchrashuvda aholini o‘ylantirayotgan muammolarning aksariyati o‘z yechimini topdi, – deydi “Qo‘ng‘irotko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini raisi B.Iskandarov. – Ovul infratuzilmasi va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga oid aniq rejalar belgilab olindi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
474






Все о погоде - Pogoda.uz