O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Xalq artistlari xalq xizmatida

Xalq artistlari xalq xizmatida

“Sardoba” toshqini butun millatni oyoqqa turgʻizdi, bir tan-u bir jon boʻlishga undadi. Hozirda aksar toshqin oqibatlari bartaraf etilib, aholi uchun yangi uy-joylar qurilishi boshlanib ketgan boʻlsa-da, mehribon xalq hamon sirdaryoliklar bilan birga.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmatining xabar berishicha, poytaxt harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizoni harbiy xizmatchilari yurtimizning mashhur sanʼatkorlari hamrohligida Sirdaryo viloyatida boʻldilar.

Artist-3.jpg

Artist-4.jpg

Tashrifdan koʻzlangan maqsad – toshqindan zarar koʻrgan aholi koʻnglini koʻtarish, ularning dillariga shodlik va quvonch ulashishdan iborat.

Oʻzbekiston xalq artistlari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar, madaniyat xodimlari, shoir va teatr aktyorlari bilan kechgan samimiy suhbatlar barchaga birdek manzur boʻldi. Bu kun sirdaryoliklar xotirasida uzoq vaqt muhrlanib qoladigan boʻldi.

Artist-8.jpg

Artist-7.jpg


2 755
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), OʻzA