O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

Xabarlarning xolis va yolgʻonligini ajratish zaruriyati

Xabarlarning xolis va yolgʻonligini ajratish zaruriyati

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyevning ishdan olingani, hattoki uning oʻrniga yangi tayinlov ham amalga oshirilgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar asossiz boʻlib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari 5-iyun kuni aholi hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida viloyatga kelgan boʻlib, bugun ham amaliy tashrif davom etdi.

Ana shunday jarayonda hech qanday manbaga ega boʻlmasdan turib, ayrim axborot saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon xabarlar tarqatildi. Jurnalistikaga bunday mezonlar toʻgʻri kelmasligini barchamiz yaxshi bilamiz. Afsuski, baʼzilar buni gohida unutishmoqda. Maʼlumki, Soʻxda boʻlgan voqealar yuzasidan ham baʼzi ommaviy axborot vositalari vahimali sarlavhalar ostida axborotlar berdi va xabarlarning noxolis yoritilgani bois bu materiallar keyinchalik oʻchirildi.

Shuning uchun yurtdoshlarimizda bunday vaziyatda faqatgina ishonchli va rasmiy manbalarga tayanish zaruriyati koʻproq paydo boʻlmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz ishtirokida bugun viloyat faollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. Unda Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev ham ishtirok etdi.

1 794
M. Sulaymonov, OʻzA