O‘zA O`zbek

16.09.2019 Chop etish versiyasi

Vyacheslav VOLODIN: Yaqin aloqalarni taraqqiy ettirish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud

Vyacheslav VOLODIN: Yaqin aloqalarni taraqqiy ettirish uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi haqida OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi:

– Keyingi uch yilda Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro munosabatlardagi mana shu jadallikni taʼminlash, uni doimiy ravishda yangi mazmun bilan boyitib borish yoʻlida bor imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Buning natijasida qisqa davrda tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshdi. Munosabatlarning yuqori surʼatda rivojlanishi oliy darajadagi kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi boshqa muhim yoʻnalishlar yuzasidan faoliyat olib borishimizni taqozo etadi. Bu jarayonda bizning asosiy vazifamiz parlamentlararo tuzilmalar imkoniyatlaridan foydalanib, hamkorlikning yangi qirralarini ochishdan iborat. Bu boradagi istiqbolli yoʻnalishlar bugun Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan imzolangan kelishuvda ham aks etdi.

Yaqin aloqalarni taraqqiy ettirish uchun bizda ulkan salohiyat mavjud. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etayotgan bir paytda parlamentlar ham ushbu saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashi, yagona maqsad yoʻlida birlashishi lozim.

1 556
OʻzA