O‘zA O`zbek

17.08.2018 11:30 Chop etish versiyasi

Voyaga yetmaganlar qurilish bo‘yoqchisi sifatida ishlashi mumkin emas

Voyaga yetmaganlar qurilish bo‘yoqchisi sifatida ishlashi mumkin emas Qurilish ishlarida voyaga yetmagan shaxsning qurilish bo‘yoqchisi sifatida ishlashi mumkin emas.

Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali ayrim ishlarda o‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarni ishlatish qonunchilikda taqiqlanganini yana bir karra eslatadi.

Xususan, qonunchilikka muvofiq, ayrim ishlarda o‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarni ishlatish taqiqlanadi. Masalan, qurilish ishlarida voyaga yetmagan shaxsning qurilish bo‘yoqchisi sifatida ishlashi mumkin emas.

Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish 184 300 so‘mdan 552 900 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zA
1 762