O‘zA O`zbek

01.11.2019 Chop etish versiyasi

Viloyat IIB boshlig‘i faoliyatini fuqarolarning muammolarini hal qilishdan boshladi

Viloyat IIB boshlig‘i faoliyatini fuqarolarning muammolarini hal qilishdan boshladi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Sotiboldiev Koson tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda Tinchlik, Alachabob, Obod, Maydayobu, Yakkasaroy, Mullali, Chiroqchi, Xo‘jaquduq, Surxon, Raximso‘fi, Uyrot, Saripul, Lolazor, Paxtazor, Do‘stlik, Navbahor, Araliq kabi qishloqlarda yashovchi aholi ishtirok etdi. 

Qabul jarayonida fuqarolarning 42 ta muammosi yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Ularning 11 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 31 tasi ijroga qaratildi.

Murojaatlarning asosiy qismi ishsizlik, kadastr va uy-joy, kommunal to‘lovlar, tibbiyot hamda ta’lim bo‘yicha bo‘ldi.

Qabulga kelgan fuqarolar murojaati shaxsan viloyat IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuhrat Sotiboldiev tomonidan tinglanib, fuqarolarga amaliy yordam va tushuntirish ishlari olib borildi.

Qabul doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, yoshlar, aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozli kreditlar, zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilishga bag‘ishlangan ko‘rgazma ham tashkil etildi.

1 601
O‘.BAROTOV, O‘zA