O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Viloyat hokimi kubogi xalq ta’limi jamoasiga nasib etdi

Viloyat hokimi kubogi xalq ta’limi jamoasiga nasib etdi

Farg‘ona shahrida hokimlik, tashkilot va boshqarmalar xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Farg‘ona viloyati hokimi kubogi – 2019” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda 40 ta jamoa olti guruhga bo‘lingan holda bosh sovrin uchun bahslashdi. Olti kun davom etgan turnir yakunida finalga eng kuchli – viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda “Hududgaz Farg‘ona” MChJ jamoasi yetib keldi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar shiddatli va keskin kurashlar ostida kechdi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, “Farg‘ona viloyati hokimi kubogi – 2019” musobaqasi kubogini qo‘lga kiritdi.

523
M.SULAYMONOV, M.QODIROV (surat), O‘zA