O‘zA O`zbek

14.06.2018 12:55 Chop etish versiyasi

“VERSAL” to‘yxonasi “EZIDYOR” egasiga beriladi, “MUMTOZ” rahbariga esa...

“VERSAL” to‘yxonasi “EZIDYOR” egasiga beriladi, “MUMTOZ” rahbariga esa...
“Tashkent city” qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan “Ezidiyor”vaShayxontohur ko‘chasidagi “Mumtoz” tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar bergan edik. Ammo, Shayxontohur hokimi Bahodir G‘oibnazarovtadbirkorlargabuzilgan mulki evaziga qerdan joy berilishini aniqlashtirmagan edi. Bugungi kunga kelib, tadbirkorlar mulklari evaziga qayerdan joy olishlari ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar hokimiyati vakilining uza.uzveb saytiga ma’lum qilishicha,“Ezidiyor” to‘yxonasi egasiga“Versal” to‘yxonasi beriladi.

Shuningdek, “Mumtoz” to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan “Sayohat” restorani beriladi.

“Maqsadimiz, mulklari buzilish hududlarida bo‘lgan tadbirkorlarni rozi qilish, ularga ma’qul bo‘lgan yerdan joy berishdir”, deydi Toshkent shahar hokimligi vakili.

O‘zA
8 155