Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.07.2018 17:46 Chop etish versiyasi

“Veb-frilans” va “Veb-frilanser”lik

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokartik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Veb-frilans” va “veb-frilanser”lik faoliyati mazmun-mohiyati hamda uni O‘zbekistonda qonuniy yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilayotgan veb-frilanserlar – bu har qanday ish beruvchi bilan uzoq muddatli shartnoma majburiyatlarisiz, mustaqil ravishda ishlaydigan insonlardir. Ular bir nechta ish beruvchiga yoki mijozlarga qisqa muddatli shartnomalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi yoki ishlarni bajaradi. Bu faoliyat o‘z ichiga jurnalistdan tortib shifokorlargacha bo‘lgan o‘nlab mutaxassisliklarni qamrab oladi.

Umuman olganda, frilanserlar – internet imkoniyatlaridan unumli foydalanuvchi mutaxassislar hisoblanadi. Shuningdek, shtatga rasmiylashtirilmagan buxgalter, huquqshunos yoki xodimlar bo‘limi mutaxassisini ham frilanserlar guruhiga kiritish mumkin.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugun ushbu faoliyat turi dunyoda, xususan, AQSH, Rossiya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida rivojlanayotganini ta’kidladi. Ko‘plab mamlakatlarda faoliyatning ushbu turi qonuniy asosga ega. Ma’lumotlarga qaraganda,bugungi kunda Amerikada ish bilan band aholining 37 foizini, Hindistonda taxminan 1,5 foizini hamda Rossiyada 4 foizini frilanserlar tashkil etadi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bu faoliyat turi elektron tijoratni rivojlantirishga xizmat qiladi. Byudjetga qo‘shimcha daromad keltiradi va, eng asosiysi, aholining alohida qatlamlarini ishga joylashtirish va intellektual resurslarning chetga chiqib ketishining oldini oladi.

Partiya mamlakatimizda yakka tadbirkor uchun ruxsat etilgan faoliyat ro‘yxatiga “veb-frilanser” tushunchasini kiritish kerak, deb hisoblaydi. Negaki, bugun mamlakatimizda o‘z sohasini yaxshi biladigan, kamida 2-3 ta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirgan, lekin hech qayerda doimiy ishlamayotgan uyushmagan yoshlar, uyda o‘tirgan xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, onlayn erkin almashuv kurslarida O‘zbekistondan taxminan 1500 frilanser ro‘yxatga olingan. Agar mamlakatimizda biznesning ushbu zamonaviy turiga qonuniy asos yaratilsa, ular bemalol, qonuniy ish yuritishi mumkin bo‘ladi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 726