Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2017 17:41 Chop etish versiyasi

Mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari ishini yanada jonlantirish lozimligi qayd etildi

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Dasturiy vazifalar ijrosini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzuida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zolari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mas’ullari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Partiya siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar inson manfaatlarini himoya qilishda fuqarolar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqib, partiya tashkilotlari va uning deputatlik korpusi oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash, aholini o‘ylantirayotgan muhim masalalarga yechim topish, davlat dasturlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish bo‘yicha mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari ishini yanada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

– 2016-yil davomida hamda 2017-yil yanvar oyida saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda, deputatlik qabul kunlarida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 80 dan ortiq deputatlik so‘rovlari chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyatida ijobiy natijalarga erishilgan, – deydi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev. – Hozir deputatlik guruhining partiya tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, joylardagi deputatlik qabulxonalari ishini takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha uslub va vositalar bilan boyitishga alohida urg‘u berilmoqda.

Yig‘ilishda partiya faollari hamda deputatlik korpuslari oldida turgan muhim vazifalar – aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlash, dori vositalari narxini nazorat qilish, uy-joy kommunal kompleksi faoliyatini yanada yaxshilash, sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larning samarali va oqilona sarflanishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Azima Qiyosova, O‘zA
2 491






Все о погоде - Pogoda.uz