O‘zA O`zbek

11.09.2018 17:01 Chop etish versiyasi

Vatanparvarlikka chorlovchi tadbir

Vatanparvarlikka chorlovchi tadbir
Namangan viloyati Chust tumanida eng ulugʻ, eng aziz bayramimizga bagʻishlab “Mardona yashamoq, Vatanni asramoq – chin inson baxti!” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik va jasorat xislatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan tadbirda ichki ishlar qoʻshinlari va harbiy qism xizmatchilari, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv-sport maktablari tinglovchilari,yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar koʻrgazmasi, harbiylarning jangovarlik mahoratini aks ettiruvchi chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.

12 (1).jpg

16 (1).jpg


Hotam Mamadaliyev (surat) OʻzA
1 436