Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2017 17:51 Chop etish versiyasi

Vatanni madh etmoq zavqi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi va Toshkent harbiy okrugi hamkorligida uyushtirilgan tadbirda ijodkoru san’atkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, harbiy qism askarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi direktori M.Nuriddinov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Z.Ashurova va boshqalar istiqlol tufayli asriy qadriyatlarimiz qayta tiklanib, aholi turmush tarzi yaxshilanayotgani xususida so‘z yuritdi.

– Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida qator tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Tursunov. – Bugungi tadbir ham ulardan biri. Ayniqsa, tarixchi olimlar, aktyor va xonandalar, ijodkorlarning Vatanimiz tarixi, bugungi farovon hayotimiz, tinchlik va osoyishtalik haqidagi fikrlari ishtirokchilar uchun juda foydali. Chunki bunday targ‘ibot tadbirlari aholini va yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.

Vatan, mustaqillik, tinchlik, do‘stlik haqida ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, o‘qilgan she’rlar tadbir ishtirokchilariga yanada zavq-shavq ulashdi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
733






Все о погоде - Pogoda.uz