O‘zA O`zbek

12.07.2020 Chop etish versiyasi

Vatanga qasamyod: Bu gal avvalgilarga oʻxshamadi, askarlar niqobda

Vatanga qasamyod: Bu gal avvalgilarga oʻxshamadi, askarlar niqobda

Bugun Markaziy harbiy okrugga qarashli Samarqand gornizonida joriy yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Koronavirus pandemiyasi sababli bu galgi chaqiruv mavsumi ham biroz choʻzildi. Tabiiyki bu askarlarning Vatanga qasamyod qilish marosimlarini ortga surdi. Yana bir tomoni, karantin tufayli bu marosimda askarlarning yaqinlari, oila aʼzolari qatnasha olmadi. Lekin Markaziy harbiy okrug, Samarqand gornizoni masʼullari askarlarning hayajonli onlariga guvoh boʻlishdi, ularni bu yuksak sharaf bilan tabriklashdi.

photo_2020-07-12_20-12-27.jpg

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik A.Saidov Mudofaa vazirining askarlarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng askarlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

photo_2020-07-12_20-12-22.jpg

Qurolli Kuchlarimizning yosh harbiylariga Prezidentimiz tomonidan yuborilgan kitoblar sovgʻa qilindi.

Tadbirda harbiylar tomonidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.


3 686
Gʻ.HASANOV, OʻzA