O‘zA O`zbek

30.08.2018 16:53 Chop etish versiyasi

Vatan yagonadir, Vatan bittadir

Vatan yagonadir, Vatan bittadir
Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi “Hamkor bank” bilan birgalikda shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi aʼzolari, partiya faollari, bank xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” degan Mustaqillik bayrami gʻoyasi yurtimiz tinchligi va farovonligini taʼminlash, odamlarda fidoyilik hissini shakllantirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Bir guruh yoshlar partiya safiga qabul qilindi. “Vatan yagonadir, Vatan bittadir” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

D.Sunnatov, OʻzA
2 438