Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 15:49 Chop etish versiyasi

Vatan unutmaydi mard o‘g‘lonini

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy yo‘qlov tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurt tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan hamda xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a’zolari holidan xabar olish, muammolarini o‘rganish, harbiy xizmatchilarning Vatan ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlarini, mardonavor xizmatlarini e’tirof etish, ular mehnati va yutuqlarini yosh avlodga o‘rnak va namuna qilib ko‘rsatishdan iboratdir.

Tadbir ishtirokchilari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lib, Vatan himoyasi yo‘lida jonini fido qilgan harbiy xizmatchilar – Bahrom Jo‘rayev, Zuhriddin Sotiqulov va Muxtorjon Bozorovning xotirasini yod etdi, farzandlari holidan xabar oldi.

Yo‘qlov tadbirida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritilib, harbiy xizmatchilarning ona Vatanni asrash yo‘lida ko‘rsatayotgan jasorati e’tirof etildi.

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
7 104