Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 12:56 Chop etish versiyasi

Vatan haqidagi eng yaxshi asarlar

Samarqandda “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlov tashkilotchilari, viloyatdagi ijodiy tashkilotlar vakillari, shoir-yozuvchilar, jurnalistlar, rassom va tasviriy san’at ustalari ishtirok etgan tadbirda yurtimizda adabiyot, madaniyat va san’at rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani, ijod ahli har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining yaqinda ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari, g‘oya va tashabbuslari asosida mamlakatimizdagi ijodiy tashkilotlar, madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Har yili an’anaviy o‘tkazilayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi ham Vatan, istiqlol, tinchlik va do‘stlik madh etilgan ijodiy asarlarni keng targ‘ib etish va uning mualliflarini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori asosida bu yilgi tanlov “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida o‘tkazilmoqda, – deydi Samarqand viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i N.Turdiboyev. – Ishtirokchilar tanlovda to‘rt yo‘nalish bo‘yicha uch yuzdan ziyod ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Ular orasida professional ijodkorlar bilan birga, yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil etgani e’tiborli bo‘ldi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari nominatsiyasida shoir Yormamat Rustamov, bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha “Zarafshon” gazetasi muxbiri Ubaydulla Sirojev, televideniye va radio ijodkorlarining eng sara materiallari yo‘nalishida viloyat teleradiokompaniyasi muharriri To‘xtatosh Mamadaliyeva hamda “Samarqand STV” telekanali muxbiri Aziza Navro‘zova, tasviriy san’at, foto va dizayn nominatsiyasida Samarqand san’at kolleji o‘quvchisi Sabina Boltayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 539






Все о погоде - Pogoda.uz