O‘zA O`zbek

28.04.2020 Chop etish versiyasi

Vaqtingizni mazmunli oʻtkazing, kitob oʻqing

Vaqtingizni mazmunli oʻtkazing, kitob oʻqing

Bugungi kunda karantin sababli uydan chiqmasliklari soʻralayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash yoʻlida tegishli mutassaddilar tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ham epidemiologik vaziyatda aholining mol-mulki daxlsizligi va xotirjamligini taʼminlash bilan bir qatorda, ularga yaqindan amaliy koʻmak berishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Tizim hodimlari tomonidan viloyat boʻylab “Vaqtingizni mazmunli oʻtkazing, Kitob oʻqing!” shiori ostida kitob yarmarkalari tashkil qilinmoqda.

Karantin vaqtida yurtdoshlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida uyushtirilgan yarmarkada fuqarolar oʻzlari va farzandlari uchun turli yoʻnalishlardagi kitoblarni xarid qilmoqda.

Shuningdek, mazkur tashabbus davomida turli viktorinalar ham tashkil etilib, savollarga javob bergan yosh kitobxonlarga badiiy va ertak kitoblar sovgʻa qilinmoqda. Mazkur tadbirlar may oyining soʻngiga qadar davom etishi koʻzda tutilgan.

939
Ahmadjon SHOKIROV, OʻzA