O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

“VAQF” fondining xayriya tadbiri

“VAQF” fondining xayriya tadbiri

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filiali tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayriya tadbiri oʻtkazildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Orolboʻyida ham karantin talablariga muvofiq qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filiali tomonidan Nukus shahridagi 120 ta, tumanlarning har biridan 55 tadan, jami 1000 ta kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilaga kundalik ehtiyojlar uchun zarur boʻlgan 10 nomdagi oziq-ovqat mahsuloti tarqatilmoqda.

– Har bir bayram arafasida eʼtiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos tarixiy va maʼnaviy qadriyat hisoblanadi, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov. – Ayniqsa bugungi sinovli kunlarda, saxovat va muruvvat Ramazon oyida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻtarinki kayfiyat ulashish savobli ishdir.

Oziq-ovqat mahsulotlari joylarga yetkazilib, ehtiyojmand oilalarga tarqatilmoqda.

675
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA