Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 17:31 Chop etish versiyasi

Valyutafurush ulfatlar qo‘lga tushdi

Urganch shahrida yashovchi fuqarolar 1986 yilda tug‘ilgan Sanjar Mamadov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) va 1984 yilda tug‘ilgan Sardor Botirov chet el valyutalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanish amaldagi qonunlarimizga xilof ekanini bila turib, qing‘ir ishga qo‘l urdi.

2018-yil 26-yanvar kuni ushbu ikki “uchar” yigitlar 8 ming 500 AQSh dollarini 70  million 550 ming so‘mga sotishga kelishib, 6 ming dollarni qonunga xilof ravishda sotish maqsadida muomalaga kiritganida qo‘lga tushdi.

Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida fosh qilingan "valyutafurush ulfatlar”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular tomonidan muomalaga kiritilgan valyuta ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA
6 455