O‘zA O`zbek

19.05.2019 Chop etish versiyasi

Vagondagi shkaf ostiga linzalar yashirilgan ekan

Vagondagi shkaf ostiga linzalar yashirilgan ekan

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan kontakt linzalarni yashirin tarzda olib kirishga urinish oʻz vaqtida fosh etildi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yurtimizga kirib kelgan xalqaro qatnov poyezdi yoʻlovchilarining qoʻl yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Tekshiruv jarayonida fuqaro S.M. umumiy qiymati 60,4 million soʻmlik jami 1007 dona flakonlarda “koʻz uchun linzalar”ni vagondagi shkaf ostiga uddaburonlik bilan yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda poyezd yoʻlovchisi fuqaro K.E.ning qoʻl yuklari orasida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida aytilmagan 13,4 million soʻmlik 70 dona biologik faol qoʻshimchalar borligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holatlar boʻyicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

1 507
OʻzA