Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.04.2018 11:52 Chop etish versiyasi

Uzun tumani jamoasi – g‘olib

Termizda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab sardorlar kengashi a’zolari “Bu bizning faoliyat”, “Bizning imkoniyatlarimiz”, “Intellektual ring” shartlari bo‘yicha bahslashdi.

Birinchi o‘rinni egallagan Uzun tumani sardorlar kengashi a’zolari tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Boysun tumani jamoasi ikkinchi va termizlik yoshlar uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
 
3.jpg

4.jpg

5 (1).jpg


Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
7 162