Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 16:54 Chop etish versiyasi

Uzoq yillar maktabda o‘qituvchilik qilgan ona o‘g‘liga uy berilganidan xursand

Uzoq yillar maktabda o‘qituvchilik qilgan ona o‘g‘liga uy berilganidan xursand Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan “Yoshlar uyi”dagi xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yosh oilalarga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bunyod etilayotgan zamonaviy, shinam va arzon uylar yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash, samarali natijalarga erishishga undaydi.

  

O‘tgan 2017-yil poytaxtimizning barcha tumanlarida yoshlar uchun salkam ikki yuz xonadonli ko‘p qavatli uylar qurildi. Bu uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga beriladi.

 

Ushbu turar joy binolari hech qanday boshlang‘ich to‘lovlarsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida egalariga topshiriladi.

– O‘g‘lim Abrorjonning oilasiga uy berilayotganini eshitib, juda quvondim, – deydi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi Samad Qo‘shmurodov. – Uzoq yillar maktabda dars berdim. Yoshlar bilan ishladim. Ularning erishgan yuksak natijalarini ko‘rdim. Ammo ilgari hozirgidek qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, shart-sharoit va imkoniyatlar yo‘q edi. Bugun ana shunday baxtga farzandim erishib turibdi. Ushbu uy ular uchun to‘yxona bo‘lishini so‘rab duo qilaman.



Barno Meliqulova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
1 659