O‘zA O`zbek

19.09.2018 11:05 Chop etish versiyasi

“UzMedExpo-2018” tibbiyot koʻrgazmasi oʻtkaziladi

“UzMedExpo-2018” tibbiyot koʻrgazmasi oʻtkaziladi

26-28 sentyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da XI xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo-2018” tibbiyot koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Mazkur koʻrgazma Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasidagi yirik hodisalardan biri hisoblanadi.

Xalqaro koʻrgazma “International Expo Group” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyaci, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa bir qator xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarning yurtimizdagi vakolatxonalari assotsiatsiyasi koʻmagida tashkil etiladi.

Ishtirokchi kompaniyalar koʻrgazmada milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar erishgan yutuqlarni namoyish etadi. Tibbiyot va stomatologiya texnikalari, qurilmalari, farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar, shifoxonalar koʻrgazmada oʻz mahsulotlari va xizmatlarini respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurganlarga namoyish etish imkoniga ega boʻladi.

N.Nasriyev, OʻzA
1 002