Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.06.2018 21:45 Chop etish versiyasi

Uyushmagan yoshlar doimiy e’tiborda

Joriy yilning 4-5 iyun kunlari poytaxtimizda “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollar” mavzuida II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbir oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

Konferensiyada uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni tahliliy hal etish, bandlikni ta’minlashning maqbul asoslarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, kasbga yo‘naltirish kabi masalalar muhokama etiladi.

Davron Sunnatov, O‘zA
2 290