O‘zA O`zbek

20.08.2018 15:29 Chop etish versiyasi

Uyning 2-qavvatida boshlangan yong‘in 4-qavvatini ham qamradi

Uyning 2-qavvatida boshlangan yong‘in 4-qavvatini ham qamradi
Joriy yilning 19-avgust kuni taxminan soat 17:00 da Bektemir tumani “Oltintopgan” mahallasi Toshkendiy ko‘chasidagi 57-uy 27-xonadonda elektr quvvati yuqori kuchlanishi natijasida qisqa tutashuv yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, aynan yong‘in sodir bo‘lgan paytda ushbu xonadonda uy egalari bo‘lmagan. Mazkur masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Bektemir tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan dastlabki yong‘in sabablarini aniqlashtirish davom etmoqda.

01.jpg

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 57-uy 27-xonadonda (2-qavat) sodir bo‘lgan yong‘in asta-sekin 3 qavatning 29-xonadonga, keyin esa 4-qavatning 31-xonadonga o‘tgan. Undan keyin esa yong‘in mazkur uyning tom qismiga o‘tib, tom qismi to‘liq yong‘in ostida qolgan. Toshkent shahar hokimligi ushbu holatga tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Tuman mutassadilari bilan birgalikda yong‘in sodir bo‘lgan xonadon egalari yotoqxonalarga joylashtirilib, ularga zarur sharoitlar yaratildi.

2.jpg

Shu yerning o‘zida shahar hokimligi va mutassadi idoralar vakillari tomonidan har bir xonadonga tashrif buyurib, yetkazilgan moddiy zarar ro‘yxatini shakllantirildi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda fuqarolarga hech qanday tan jarohat yetmaganligi aniqlangan.

4.jpg

Bugun 20-avgust kuni, muhandislik, sektor va hudud rahbarlari, shuningdek, bank xodimlari, mahalla, XUJMSH va boshqaruv kompaniyarahbarlaridan iborat maxsus shtab tuzildi. Ular oldiga tezkor ravishda yetkazilgan moddiy zararni qoplash, yong‘in sodir bo‘lgan obyektni ta’mirlash vazifalari yuklatildi.

O‘zA
1 955