O‘zA O`zbek

08.05.2020 Chop etish versiyasi

UYEFA Oʻzbekistondan “oʻrnak” olmoqchi

UYEFA Oʻzbekistondan “oʻrnak” olmoqchi

Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari uyushmasi qitʼadagi “kuz-bahor” tizimini qabul qilgan chempionatlarga xuddi Oʻzbekiston chempionatida boʻlgani kabi “bahor-kuz” tizimiga oʻtishni taklif qilmoqchi.

UYEFA koronavirus tufayli ikki oydan buyon toʻxtab yotgan milliy chempionatlarning joriy mavsumni yakunlashi uchun ham shunday yoʻl tutmoqchi. Bunda vaqtincha toʻxtatilgan chempionatlarni avgust-noyabr oylarida yakunlab, yangi 2021-yilgi mavsumni fevral-mart oylarida boshlashlari tavsiya etilmoqda.

Toʻgʻri, qitʼaning ayrim mamlakatlari chempionatlarni muddatidan avval yakunlab ham boʻlishdi, lekin aksari chempionatlar pandemiyaning yakunlanishini va oldindagi besh-oʻnta tur oʻyinlarini davom ettirishni kutishmoqda.

9 234
Oybek YUNUSOV, OʻzA