Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 17:21 Chop etish versiyasi

Ustuvor vazifalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari a’zolari, NNT va OAV vakillari ishtirok etdi.

Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish va davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining 2016-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha va dasturlar haqida ma’lumot berildi. Parlament huzuridagi jamoat fondi har yili fuqarolik jamiyati institutlarining 250 dan ortiq loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashmoqda. Xususan, 2016-yilda Parlament komissiyasining qarorlari asosida 12 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar shaklida ajratildi. Bu mablag‘lar nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyiha va dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Joriy yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat byudjetidan davlat grantlari, ijtimoiy buyurtma va subsidiyalari shaklida 12 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Yig‘ilishda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirishda NNTlar, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha bajariladigan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Jamoat fondi tomonidan amalga oshiriladigan dasturlarda asosiy e’tibor bolalar, yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Joriy yilda Imom Buxoriy memorial majmuasini qayta tiklash bo‘yicha bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yoshlarni ma’naviy-tarixiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va shu yo‘nalishdagi boshqa dolzarb masalalarga qaratilgan risolalar, bukletlar tayyorlash va chop etish rejalashtirilmoqda. “Imom Buxoriy hayoti faoliyati va bugungi kun” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish, o‘zbek, ingliz va rus tillarida “Imom Buxoriy hayoti va uning ma’naviy merosi” kitob-albomini chop etish ko‘zda tutilgan.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
407






Все о погоде - Pogoda.uz