Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2017 18:02 Chop etish versiyasi

Qashqadaryo viloyatida hududiy partiya tashkiloti plenumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi ustuvor vazifalari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda Prezidentimizning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda partiya tashkilotlari va uning deputatlik korpusi oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hisobot davrida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda partiya tashkilotlari hamda guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mahalliy vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlar faoliyati va tashabbuskorligini oshirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Bugungi kunda viloyatning barcha darajadagi vakillik organlarida partiyadan saylangan 75 nafar deputat faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda ular tomonidan davlat hokimiyati boshqaruvi organlariga 118 deputatlik so‘rovi yuborilib, ijrosi nazoratga olingan.

– «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan g‘oyani hayotga izchil tatbiq etish, partiya tizimida fuqarolar, saylovchilar va elektorat bilan ochiq muloqot qilishning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish partiya tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir, –deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Safoyev. – Plenumda partiya viloyat kengashining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati chuqur tahlil etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

O‘lmas Barotov, O‘zA
348






Все о погоде - Pogoda.uz