O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 19:21 Chop etish versiyasi

Ushbu hududda birinchi kundanoq 16 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani markazidan olis boʻlgan “Kushek” M.F.Y hududida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Davlat xizmatlari markazi filiali tashkil qilindi.

“Kushek” mahallasi tuman markazi Doʻstobod shaharchasidan 50 km. uzoqlikda joylashgan. Tashkil etilgan markaz 11 ta M.F.Y.,

31 mingdan ortiq aholiga tezkor va shaffof davlat xizmatlarini koʻrsatadi.

Filial tashkil qilgan kunning oʻzidayoq yuridik va jismoniy shaxslarga 16 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Jumladan, elektron raqamli imzo berish boʻyicha 10 ta, kommunikatsiya tarmoqlariga tayyor holda ulanish boʻycha 2 ta, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma berish boʻyicha 2 ta, arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqish (APZ 1,2) boʻyicha 1 ta, oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha 1 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Shuningdek, tashkil etilgan filial atrofidagi hududlarda ishchi guruh bilan birgalikda 200 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatilib, targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

OʻzA