Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.01.2017 12:19 Chop etish versiyasi

Urgut tumanida chegarachilar oilalariga yangi uylar kalitlari topshirildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari oilalari uchun yangi uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy uy-joylar bunyod etilayotgani, turar joydan foydalanishda ular uchun ko‘plab imtiyozlar berilayotgani ana shu e’tibor samarasidir.

“To‘rtko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan ushbu xonadonlarda harbiylar oila a’zolari uchun barcha sharoit yaratilgan. Mehmonxona, bolalar va kattalar xonasi, shinam oshxona zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

– Yangi yil bayrami va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan uylar oilamiz uchun katta sovg‘a bo‘ldi, – deydi harbiy xizmatchi B.Xolmirzayev. – Buni davlatimizning harbiylar va ularning oila a’zolariga qaratayotgan g‘amxo‘rligi samarasi deb bilamiz. Biz, bu e’tiborga javoban zimmamizga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan bajarib, Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz yaxlitligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilamiz.

Tadbir doirasida harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun konsert dasturi namoyish etildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 288






Все о погоде - Pogoda.uz