Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.08.2018 14:57 Chop etish versiyasi

“Urganch” xalqaro aeroporti yana ishga tushdi

“Urganch” xalqaro aeroporti yana ishga tushdi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga “Urganch” xalqaro aeroporti 2018-yilning 8-avgustidan parvozlarni bajarish uchun ochiqligini ma’lum qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Urganch” xalqaro aeroporti joriy yilning 8-avgustidan mahalliy qatnovlarni qabul qilib, shtat rejimida ishlashni boshlaydi.

“Urganch” aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnovlar 2018-yil 10-avgust kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Urganch” xalqaro aeroporti joriy yilning 16-iyulidan texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopilgandi. Shu sabab mazkur xalqaro aeroportdan amalga oshiriladigan qatnovlar “Nukus” aeroportiga vaqtincha ko‘chirilgan edi.

O‘zA
8 084