O‘zA O`zbek

11.07.2019 21:46 Chop etish versiyasi

UNIVERSIADA-2019: tennischilarimiz finalga chiqdi

UNIVERSIADA-2019: tennischilarimiz finalga chiqdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalar yozgi universiada oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

Musobaqaning yakkalik va juftlik bahslarida ketma-ket gʻalaba qozonib kelayotgan tennischi yigitlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev tandemi bugun yana bir muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Ular erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarining yarim finalida xitoylik Xao Vu va Shuai Xu juftligiga qarshi kortga chiqdi va 7/6 (2), 6/2 hisoblarida muvaffaqiyat qozonib, Universiada-2019 finaliga yoʻllanma oldi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davradan boshlagan Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev tandemi dastlab tailandlik raqiblarini, toʻrtinchi davrada esa Janubiy Afrika hamda chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillarini magʻlubiyatga uchratdi.

Ertaga oʻtkaziladigan final oʻyinida vakillarimiz Janubiy koreyalik Seochan Xong va Sanxui Shin juftligiga qarshi kortga tushadi. Biz boʻlajak hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

OʻzA
921