O‘zA O`zbek

18.08.2018 10:56 Chop etish versiyasi

Umumxalq xayriya hasharida O‘zA xodimlari ham faol qatnashmoqda (+foto)

Umumxalq xayriya hasharida O‘zA xodimlari ham faol qatnashmoqda (+foto)

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ibrat bo‘lgulik tajribalar bisyor. Shulardan biri hashardir.

photo5458858619983472880.jpg

Vatanimiz Mustaqilligining 27 yillik bayrami hamda Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida 18-19-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Yosh-u keksa yurtdoshlarimiz o‘zlari yashayotgan, mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hududlarni, ariq va ko‘chalar, xiyobonlar, qabriston va ziyoratgohlarni tozalab, atrofini obodonlashtirayotir.

photo5456540475809966474.jpg

Bu tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur tadbirda ulug‘ yoshdagi otaxon-u onaxonlarimiz ham ishtirok etib, yosh avlodga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadriyatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar bermoqda. Zero, bu kabi xayriya tadbiri barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

photo5456540475809966473.jpg

Erta tongdan boshlangan xayriya hasharlarida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xodimlari ham faol qatnashmoqda. O‘zlari mehnat qilayotgan hudud atrofi obodonlashtirilib, ariq va ko‘chalar tozalanmoqda.

photo5456540475809966472.jpg

Hashar yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo‘lish, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.


photo5456540475809966471.jpg

photo5456540475809966470.jpg

photo5456540475809966469.jpg

Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
2 125