Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.01.2018 12:36 Chop etish versiyasi

Ulug‘norlik xotin-qizlarga huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi tomonidan Ulug‘nor tumanidagi mahallalarda muloqotlar o‘tkazildi.

– Tumanning Bobur nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 4 ming 200 dan ziyod aholining 2 ming 130 nafari xotin-qizlardir, – deydi O’zLiDeP Andijon viloyati kengashi “Ayollar qanoti” rahbari Umida Isayeva. – Muloqotda opa-singillarimizni qiynayotgan muammolar o‘rganildi va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida mahalla markazidagi bo‘sh turgan binoni “nol” qiymatda xarid qilish va imtiyozli kredit olishda qator to‘siqlarga uchragan Feruza Oxunovaga partiya faollari tomonidan tuman hokimligi mutasaddilari, tegishli bank xodimlari hamkorligida masalani hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi. Mazkur mahallada yashovchi Lazokat O‘rmonova, Hulkaroy Po‘latova singari xotin-qizlarning kredit olish borasidagi muammolari ijobiy hal etildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
8 021