O‘zA O`zbek

16.07.2018 10:38 Chop etish versiyasi

Ulgurji tovar aylanmasida Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida pasayish

Ulgurji tovar aylanmasida Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida pasayish
2018-yil yanvar – iyun oylarida ulgurji tovar aylanmasi hajmi 26771,9 mlrd. so‘mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 107,3 foizni tashkil qildi.

Ulgurji tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan quyidagi hududlarning o‘sish sur’atida kamayishi kuzatildi: Qashqadaryo viloyati – 87,5 foiz, Samarqand viloyati – 97,2 foiz.

Kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi 8,0 foizga oshdi va 18305,8 mlrd. so‘mga yetib, umumiy ulgurji savdo tovar aylanmasidagi ulushi 68,4 foizni tashkil qildi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi ma’lum qildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning ulgurji savdodagi ulushi (foizda)

photo5359592914931525967.jpg

O‘zA
3 033