O‘zA O`zbek

12.09.2018 19:39 Chop etish versiyasi

Uglevodorod qazib olish hajmi ortadimi?

Uglevodorod qazib olish hajmi ortadimi? “Oʻzbekneftgaz” va “Zarubejneft” aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasida joriy yilning 30 iyun kuni imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq, tomonlar neft va gaz sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlamoqda.

Mazkur hujjatga asosan bugungi kunda qoʻshma guruh tashkil etilgan boʻlib, ikki jamiyat mutaxassislari ishtirokida tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan asosiy maqsad Oʻzbekistonning uzoq muddatli konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini oʻrganishga qaratilgan.

Shu sababli “Andijonneft” va “Zarubejneft” aksiyadorlik jamiyatlarining bir guruh mutaxassislari “Xartum”, “Boʻston”, “Tergachi”, “Shoʻrbuloq” kabi konlardagi neft qazib olish imkoniyatlarini oʻrgandi.

Ayni chogʻda qoʻshma guruh joylardan olgan maʼlumotlarni ilmiy tahlil etmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA
1 762