O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

Uchquduq va zarafshonlik aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Uchquduq va zarafshonlik aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonovning navbatdagi sayyor qabuli Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida o‘tkazilmoqda. 

Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahri aholisining masalalari birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi. Murojaatlarning aksariyatini bandlik, yo‘l, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda pasport tizimi bilan bog‘liq.

– Men 1987 yili Qozog‘iston Respublikasiga ko‘chib ketgandim, – deydi uchquduqlik Urnisha Siddiqova. – 1995 yilda esa doimiy yashash uchun O‘zbekistonga qaytdim. Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi emasman. Men o‘zim tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinishimda amaliy yordam so‘radim. Mas’ullarga rahmat! Ular menga huquqiy maslahat berib, tez orada kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishini ma’lum qildi.

Murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan har bir masalaning ijrosi yuzasidan qonun doirasida muayyan muddatlar belgilanmoqda.

photo5253477153654286910.jpg

photo5253675641272904325.jpg

photo5253675641272904331.jpg

1 225
N.Rahimov, O‘zA